2025-yil 7-iyul kuni Toshkent shahrida “Ichak mikroflorasini bolalar va kattalar salomatligiga ta’siri. “Active Flora Baby” va “Active Flora Duo” qo‘llanilishi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir pediatriya, gastroenterologiya va umumiy terapiya sohalaridagi mutaxassislarni birlashtirdi.
Seminar barcha yoshdagi bemorlarda, ayniqsa zamonaviy epidemiologik yuklama, antibiotiklar qabul qilinishi va ovqatlanishdagi buzilishlar sharoitida ichak mikroflorasining sog‘lom holatini saqlashning muhimligi haqida shifokorlar ma’lumotiini oshirishga qaratilgan edi. Amaliyotda “Active Flora Baby” va “Active Flora Duo” probiotik vositalarini qo‘llash tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda taqdim etilgan asosiy mavzular:
E’tibordagi mahsulotlar:
“Active Flora Baby” – chaqaloqlar uchun birinchi kunlardan boshlab mo‘ljallangan, Lactobacillus rhamnosus GG shtammli tomchilar shaklidagi probiotik.
“Active Flora Duo” – 3 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan, Lactobacillus rhamnosus GG va Bifidobacterium lactis shtammlarini o‘z ichiga olgan kapsula shaklidagi kombinatsiyalangan probiotik.
Har ikki mahsulot samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan, laktoza va glyuten tarkibiga ega emas, qulay foydalaniladi va sovutkichda saqlashni talab qilmaydi.
Ishtirokchilarning fikr-mulohazalari
Ishtirokchilar seminar mazmunini yuqori baholadilar, taqdim etilgan materiallarning amaliy ahamiyati va mutaxassislar tomonidan savollarga javob olish imkoniyatini alohida ta’kidladilar. Seminar mikrobiota va probiotik terapiya bilan bog‘liq dolzarb muammolarni muhokama qilish va tajriba almashish maydoniga aylandi.
Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
“Alpen Pharma AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi barcha shifokorlarga faol ishtirok va ushbu mavzuga bo‘lgan qiziqishlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi. Seminar davomida olingan bilimlar bemorlarga yanada samarali yordam ko‘rsatish va ularning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz.