2024-yil 27-noyabrda “GastroTrendlar: gastroenterologiyaning innovatsiyalari va muammolari” mavzusida birinchi Alpen Pharma Xalqaro telekonferensiyasi boʻlib oʻtdi. Alpen Pharma farmatsevtik kompaniyasi gastroenterologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarni Gruziya, Ozarbayjon, Moldova va O‘zbekiston davlatlari shifokorlari o‘rtasida tajriba almashish uchun yagona platformada birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Tadbir oshqozon-ichak kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olish va yangi davolash usullarini joriy etish borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratildi.
Telekonferensiyada o‘t yo‘llari disfunktsiyasini davolash usullari, funksional dispepsiya diagnostikasi, zamonaviy farmakoterapiyadan to‘g‘ri foydalanish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Qatnashchilarda Dr. Gustav Klein GmbH & Co. KG tomonidan ishlab chiqarilgan, tomchi va pastilka shaklidagi “Gastritol” dori vositasi qiziqish uyg‘otti (Eksklyuziv vakili: Alpen Pharma AG, Bern, Shveytsariya).
Ma’ruzachilar “Gastritol” dori vositasini qo’llash boshqa dori vositalarga nisbatan sezilarli afzalliklarga egaligi, sababi “Gastritol” majmuaviy o’simlik dori vositasi bo’lib, tarkibidagi bir qator faol moddalar oshqozon-ichak tizimida mahalliy va oshqozon-ichak tizimidning sekretor va motor funktsiyalariga markaziy ta’sirga ega, degan fikrga kelishdi.
Ushbu tadbir ma’ruzachilarga shifokorlarni qiziqtirgan savollarini berish va ularga javob olish, shuningdek, yangi professional aloqalarni o’rnatish imkoniyatini berdi.
Ikkinchi Хalqaro Alpen Pharma telekonferensiyasi 2025-yil fevraliga rejalashtirilgan. Bizga qo‘shiling!