Yaqinda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tibbiy konferensiyada mutaxassislar homilador ayollarda uchraydigan siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (SChYI) kabi dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega muammoni muhokama qildilar. Antibiotiklarga nisbatan ortib borayotgan rezistentlik va mazkur bemorlar guruhi uchun terapevtik imkoniyatlarning cheklanganligi sharoitida, alternativ yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada eng katta qiziqish D-mannoza moddasiga qaratildi.
SChYI ayollar orasida, ayniqsa homiladorlik davrida, eng keng tarqalgan bakterial infeksiyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ilk epizoddan so‘ng 6 oy ichida bemor ayollarning taxminan 25 foizi qaytalanayotgan tsistit shaklida murojaat qiladi. An’anaviy antibiotiklar bilan davolash ko‘p hollarda uzoq muddatli samara bermaydi va ayniqsa homiladorlik davrida noxush nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin.
Mazkur anjumanda muhokama qilingan yechimlardan biri bu — Dannoza Uro-Prolong preparati bo‘ldi. Uning tarkibidagi D-mannoza — bu tabiiy monosaxarid bo‘lib, u ichak tayoqchasi (E. coli) bakteriyasining siydik pufagi shilliq qavatiga yopishishini bloklash orqali bakteriyalarni mikrofloraga zarar yetkazmasdan va antibiotiklarsiz chiqarib yuborishga yordam beradi.
Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, D-mannozaning samaradorligi yengil shakldagi tsistitni davolashda antibiotiklar bilan teng darajada, va uning xavfsizlik profili ushbu moddaning homilador ayollar kabi sezgir guruhlarda qo‘llanishiga imkon beradi. Bundan tashqari, D-mannoza Germaniyaning rasmiy klinik ko‘rsatmalariga kiritilgan bo‘lib, Dannoza tarkibidagi yana bir muhim komponent — klyukva ekstrakti — qaytalanuvchi infeksiyalar profilaktikasi uchun Amerika Urologiya Assotsiatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan.
«Biz homilador ayollarda SChYIni davolashda paradigma o‘zgarishi ostonasida turibmiz», — deydi mutaxassislar. — «D-mannoza antibiotiklar tayinlanishidan oldingi birinchi qadam sifatida terapiyaga kiritilishi mumkin, bu esa xatarlarni kamaytiradi va bemorlarning hayot sifatini oshiradi.»
Shu tarzda, tabiiy va ilmiy jihatdan asoslangan yondashuv siyid chiqarish yo‘llari infeksiyalarini oldini olish va davolash borasida xalqaro mutaxassislar doirasida tobora ko‘proq e’tirof topmoqda.